» » “Real” – “Barselona” uchrashuvi vaqti osiyoliklar auditoriyasiga qulaylik yaratish uchun o‘zgartiriladi

“Real” – “Barselona” uchrashuvi vaqti osiyoliklar auditoriyasiga qulaylik yaratish uchun o‘zgartiriladi

Ispaniya chempionati prezidenti Xavyer Tebas chempionatning 12-turidan o‘rin olgan “Real” va “Barselona” uchrashuvi vaqti ertaroqqa ko‘chirilishini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Std.uz”.


O‘yin 21-noyabrdan 22-noyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:30 da bo‘lib o‘tishi kerak edi. Tebasning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv mahalliy vaqt bilan 18:15 da (21-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:15 da) boshlanadi.

“‘Real’ va ‘Barsa’ soat 18:15 da o‘ynaydi. Bu vaqtda o‘yinni ko‘plab osiyolik muxlislar tomosha qila oladi”, — deb takidlab o‘tdi Tebas.


Manba: Daryo.uz


Метки: Barselona Real

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.