» » O‘zbekistonning 9 ta banki MDHdagi 200 ta yirik banklar ro‘yxatiga kirdi

Скачать O‘zbekistonning 9 ta banki MDHdagi 200 ta yirik banklar ro‘yxatiga kirdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonning 9 ta banki MDHdagi 200 ta yirik banklar ro‘yxatiga kirdi

O‘zbekistonning to‘qqizta tijorat banki 2014-yil yakunlariga ko‘ra, aktivlar hajmi bo‘yicha MDHning 200 ta yirik banklari ro‘yxatiga kirdi, deya xabar bermoqda UzDaily. Ro‘yxat Rossiyaning “RIA Reyting” reyting agentligi tomonidan tuzildi.

Foto: “RIA Novosti”

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 5,3 milliard dollar aktivlari bilan Top-200 ning 43-pog‘onasiga joylashdi. Ushbu bank aktivlarining 2014-yildagi o‘sish darajasi 3,4 foizni tashkil qildi. O‘zsanoatqurilishbankning aktivlari 3,23 milliard dollar deb baholandi va 61-o‘ringa munosib ko‘rildi. 2014-yilda bank aktivlari 4,1 foizga o‘sgan.

Reytingning 86-pog‘onasidan o‘rin olgan “Asaka” bankining aktivlari 2,17 milliard dollarga teng bo‘lib, 2014-yilda uning aktivlari 5,6 foizga ko‘paygan.

Shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi Qishloq qurilish banki (1,41 milliard dollar, 122-o‘rin), Ipoteka bank (aktivlari 1,35 milliard dollarga teng, 126-o‘rin), Xalq banki (1,23 milliard dollar, 133-o‘rin), Agrobank (1,18 milliard dollar, 136-o‘rin) ham MDHdagi yetakchi banklar reytingiga kirgan.

Bundan tashqari, reytingga KDB Bank (0,87 milliard dollar, 162-o‘rin), Hamkorbank (0,72 milliard dollar, 191-o‘rin) birinchi marta kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu ro‘yxatdan O‘zbekistondagi yettita bank o‘rin olgan edi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: O‘zbekiston MDH

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.