» » Oliy xo‘jalik sudi plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

Скачать Oliy xo‘jalik sudi plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Oliy xo‘jalik sudi plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy xo‘jalik sudining sudyalari, Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar, videokonferensaloqa tizimi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar xo‘jalik sudlari sudyalari ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: “Vostochniy Ekspress”

Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisi K.Komilov boshqardi.

Plenum majlisi muhokamasiga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi xo‘jalik sudlari tomonidan ishlarni ko‘rishda Xo‘jalik protsessual kodeksi hamda boshqa qonun hujjatlariga kiritilgan yangi normalarni aniq va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlashga qaratilgan. Unda korporativ nizolarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari, davlat bojini to‘lash yuzasidan imtiyozlarni qo‘llash, ishlarni ko‘rishda protsessual muddatlarga rioya etish, soliq to‘lovchi tomonidan soliqqa oid bir necha huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda moliyaviy sanksiyaning miqdorini hisoblash usullari, moliyaviy sanksiyani qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda sudlar tomonidan inobatga olinishi lozim bo‘lgan holatlar yuzasidan batafsil tushuntirish berilgan.

So‘zga chiqqanlar ko‘rib chiqilgan masala tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.

Muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.Abdullayev ishtirok etdi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.