» » O‘zbekiston Prezidenti o‘qituvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabrikladi

Скачать O‘zbekiston Prezidenti o‘qituvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabrikladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston Prezidenti o‘qituvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov o‘qituvchi va murabbiylarni har yili 1-oktabr kuni nishonlanadigan kasb bayrami bilan tabrikladi. Tabrik matni O‘zA tomonidan e’lon qilingan.

Foto: O‘zA / “Gazeta.uz”

“Bu dunyoda har qaysi ongli inson – qayerda ishlamasin, qanday kasbu kor, lavozim egasi bo‘lmasin, unga bilim va tarbiya berib, hayotga yo‘llagan muhtaram o‘qituvchi va murabbiylari oldida hamisha qarzdorlik hissi bilan yashaydi”, — deyiladi davlat rahbarining tabrigida.

“Haqiqatan ham, o‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini bag‘ishlab, barchamizga ezgulikdan saboq bergan, otadek mo‘’tabar, onadek mehribon siz, aziz ustozlarning hech narsa bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydigan mashaqqatli va sharafli mehnatingiz uchun har qancha tahsin va tashakkurlar aytsak, arziydi”, — deya qayd etdi Prezident.

Islom Karimovning ta’kidlashicha, bundan 18 yil oldin qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va 2004-yilda tasdiqlangan Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturi, “shu sohada amalga oshirgan boshqa keng ko‘lamli ishlarimiz nafaqat ta’lim-tarbiya tizimini, balki butun jamiyatimiz hayotini keskin o‘zgartirib yuborgani, ijobiy ma’nodagi “portlash effekti”ni berganiga bugun yaqqol guvoh bo‘lmoqdamiz”.

“Kelajagimizni hal qiladigan ana shunday olamshumul ishga qo‘shgan buyuk hissangiz uchun o‘zimning eng yaqin maslahatchilarim va maslakdoshlarim bo‘lgan siz, azizlardan umrbod minnatdorman va barchangizga chin qalbimdan ta’zim qilaman”, — dedi Prezident.

“Bugungi kunda millionlab bolalarimiz yangitdan barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan 10 mingga yaqin maktablarda, 1 ming 556 ta litsey va kollejda, 70 dan ziyod oliy o‘quv yurtlarida yangi ta’lim tizimi asosida bilim va tarbiya olib, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bo‘lib hayotda o‘z munosib o‘rnini topmoqda, mamlakatimiz ta’lim modelining samarasi va raqobatdoshligini xalqaro maydonlarda yaqqol namoyon etmoqda”, — deyiladi Prezident tabrigida.

Ayni vaqtda, davlatimiz rahbarining qayd etishicha, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan globallashuv jarayonlari, intellektual salohiyat, Internet va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgani, jahon bozoridagi raqobat ko‘lami va keskinligi tobora shafqatsiz tus olayotgani har qaysi davlat, har qaysi xalq oldiga g‘oyat muhim va o‘tkir talablarni qo‘ymoqda.

“Bugun hammamizga ayon, ana shunday talablarni hisobga olib, ular bilan hamohang bo‘lib yashamasak, butun borlig‘imizni shu yo‘lda safarbar etmasak, hech shubhasiz, biz umumbashariy taraqqiyotdan chetda qolib ketishimiz muqarrar. Hozirgi kunda zamonning o‘zi bizdan erishgan yutuqlar bilan kifoyalanmasdan, yanada yuksak marralar sari qat’iyat bilan borishni, shu yo‘lda o‘z bilim va tajribamizni, kasb malakamiz va mahoratimizni muttasil boyitib, takomillashtirishni talab etmoqda”, — dedi Prezident.

“Shu ma’noda, umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini muntazam ravishda zamon talablari darajasiga ko‘tarib borish, pedagogika universiteti va institutlaridagi o‘quv jarayonlarini tanqidiy baholab, ularni yuksak mezonlar asosida tashkil etish, sohaga ilg‘or ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish, bir so‘z bilan aytganda, pedagog kadrlarning yangi avlodini shakllantirish bo‘yicha hali ko‘p ish qilishimiz lozim”, — deya qayd etdi Islom Karimov.

“Nega deganda, o‘z ishidan qoniqmasdan, doimo yangilikka intilib, bilim va malakasini oshirish ustida ishlaydigan, hayot bilan hamqadam bo‘lib yashaydigan o‘qituvchi va muallimlargina har tomonlama yetuk insonlarni kamol toptirishga qodir bo‘ladi”, — deya qayd etdi Prezident.

Prezidentning yodga solishicha, “mafkura sohasida hech qachon bo‘shliq bo‘lmaydi. Agar ozgina bo‘shliqqa yo‘l qo‘ysak, uni albatta bizga yot va begona bo‘lgan kuchlar egallab oladi”.

“Hozirgi kunda butun dunyoda yosh avlodning ongi va qalbini egallash uchun qanday keskin kurash borayotgani, bizning hayot tarzimizga, ma’naviyatimizga, dinimizga mutlaqo zid bo‘lgan zararli fikr va g‘oyalarni tarqatish orqali hali dunyoqarashi mustahkam shakllanib ulgurmagan farzandlarimizni o‘zining qabih tuzog‘iga ilintirish uchun turli markazlar tomonidan qancha-qancha kuch va mablag‘lar sarflanayotgani sizlarga yaxshi ma’lum, albatta. Xalqimizning tinch va osoyishta hayotiga, bolalarimizning kelajagiga qarshi qaratilgan tahdidlar – bu xalqaro terrorizm va ekstremizm bo‘ladimi, giyohvandlik yoki “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlari bo‘ladimi – bunday balo-qazolarni ostonamizga yo‘latmaslik, o‘g‘il-qizlarimizni ularning yovuz ta’siridan asrash, doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashash har qachongidan ham dolzarb vazifamizga aylanmoqda. Bunday o‘tkir zarurat ta’lim-tarbiya muassasalarining ota-onalar, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar jamoatchiligi, davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirishni talab etmoqda va bu yo‘lda sizlar bundan buyon ham o‘z kuch-g‘ayratingizni ayamaysiz, deb ishonaman”, — deya qayd etdi Islom Karimov.

“Bizning asosiy vazifamiz – yosh avlodga faqat bilim berishdan iborat emas, balki bugun dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalardan to‘g‘ri xulosa chiqara oladigan, “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” deb, o‘z yeri, o‘z yurtiga sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan, O‘zbekiston fuqarosi degan sharafli nomga har tomonlama munosib bo‘lgan insonlarni tarbiyalash – barchamizning muqaddas burchimizdir”, — dedi Prezident.

“Sizlarning mas’uliyatli xizmatingizni munosib qadrlash, faoliyatingizni yangi bosqichlarga ko‘tarish uchun zarur sharoitlarni yaratish masalasi bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning doimiy e’tibor markazida bo‘ladi, deb siz, azizlarni ishontirib aytishga bugun to‘liq asoslarimiz bor. Barchangizni qutlug‘ ayyom – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, baxtu saodat, ezgu ishlaringizda yangidan-yangi yutuq va omadlar tilayman”, — deya qo‘shimcha qilinadi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning tabrigida.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.