» » Mahmud Abbos BMTni falastinliklarni himoya qilishga chaqirdi

Mahmud Abbos BMTni falastinliklarni himoya qilishga chaqirdi

Falastin davlati prezidenti Mahmud Abbos BMTni Falastin xalqini himoya qilishga chaqirdi, deb yozadi“TASS”.

Foto: “Unian”

Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi tribunasidan nutq so‘zlar ekan, u BMTga “juda kech bo‘lmasidan turib, ularning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish”ni so‘rab yuzlandi.

“Men BMTga himoya haqidagi iltimos bilan murojaat qilaman — bizning BMTdan boshqa himoyamiz yo‘q, — deya ta’kidladi u. — Bizga sizning himoyangiz kerak!”

Shu bilan bir vaqtda u Isroilga murojaat qilib, tinchlikka da’vat etdi. “Isroil hukumatini o‘z rejalarini amalga oshirishda shafqatsiz kuchdan foydalanishni bas qilishga chaqiraman”, — dedi Mahmud Abbos.


Manba: Daryo.uz


Метки: Mahmud Abbos BMT

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.