» » Ramzan Qodirov “Uchqur otryad”ning maxsus amaliyotlarni bajarishga tayyorgarligini sinovdan o‘tkazdi

Скачать Ramzan Qodirov “Uchqur otryad”ning maxsus amaliyotlarni bajarishga tayyorgarligini sinovdan o‘tkazdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Ramzan Qodirov “Uchqur otryad”ning maxsus amaliyotlarni bajarishga tayyorgarligini sinovdan o‘tkazdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov maxsus topshiriqli bo‘linmaning maxsus amaliyotlarni bajarishga tayyorligini tekshiruvdan o‘tkazdi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: “So-l.ru”

“Maxsus bo‘linmalar xodimlaridan tuzilgan ‘Uchqur otryad’ning tayyorgarligini sinovdan o‘tkazdim, — deya ta’kidlagan Qodirov. — Jangchilar mumkin bo‘lgan eng yuqori balandlikdan sakrashni amalga oshirdi. Yigitlar buni a’lo darajada uddaladi”.

Qodirovning huquqni muhofaza etish idoralari bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi Daniil Martinovning aytishicha, keyingi ikki hafta mobaynida harbiylar 40 dan ziyod parashyutdan sakrashni bajargan. Bu harakatlar tog‘ yonbag‘irlari, o‘rmonlar, qorli joylarda amalga oshirilgan.

Checheniston rahbari zobitlarga minnatdorchilik bildirdi va “maxsus bo‘linmalar doimo shay holatda turishi lozimligi”ni eslatib o‘tdi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.