» » Saudiya Arabistoni Rossiyadan Suriyadagi aviazarbalarni to‘xtatishni talab qildi

Скачать Saudiya Arabistoni Rossiyadan Suriyadagi aviazarbalarni to‘xtatishni talab qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Saudiya Arabistoni Rossiyadan Suriyadagi aviazarbalarni to‘xtatishni talab qildi

Saudiya Arabistoni Rossiyadan Suriyadagi harbiy operatsiyani to‘xtatishni talab qildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, Slon xabar bermoqda.

Rossiya aviazarbalari. Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi

Saudiya Arabistonining BMTdagi vakili Abdalla al-Muallimiyning so‘zlariga ko‘ra, Ar-Riyod Rossiyaning harakatlaridan “chuqur xavotirda ekanligi”ni ma’lum qilgan.

Saudiya Arabistoni tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, aviazarbalar “Iroq va Shom islom davlati” jangarilari bo‘lmagan hududga qarata berilgan va tinch aholi vakillari orasidagi qurbonlarga sabab bo‘lgan. Al-Muallimiy Rossiyadan Suriyadagi harbiy operatsiyani “zudlik bilan to‘xtatishni va qayta boshlamaslikni” talab qildi.

“IShID terrorchilariga qarshi kurashga qo‘shilmoqchi bo‘lgan davlatlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, modomiki ularning o‘zi hali ham Suriya tuzumi terrorini qo‘llab-quvvatlayotgan ekan, Suriyadagi nizoga aralashishga haqi yo‘q”, — dedi al-Muallimiy.

Ma’lumot uchun, Rossiya Suriyadagi harbiy operatsiyani 30-sentabr kuni boshladi. Rossiya Mudofaa vazirligi IShID marralariga qarata 20 zarba berilgani haqida hisobot berdi, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa zarbalar Bashar Asadga qarshi kurashayotgan “mo‘’tadil isyonchilar”ga qarshi berilgani haqidagi xabarlarni rad etib chiqdi.

Qo‘shimcha sifatida, Saudiya Arabistoni rahbariyati Suriya prezidenti Bashar Asad tuzumini qo‘llab-quvvatlamaydi va “uning kelajagi yo‘q”, deb hisoblaydi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.