» » AQSh Ukrainaga harbiy radarlarni yetkazib berishga rozi bo‘ldi

AQSh Ukrainaga harbiy radarlarni yetkazib berishga rozi bo‘ldi

AQSh prezidenti Barak Obama Ukrainaga Q36 harbiy radarlarini yetkazib berish haqidagi farmoyishni imzoladi. Bu haqda, Meduza xabariga ko‘ra, Atlantika kengashi vakili Adrian Karatnitskiy ma’lum qildi.


Umumiy qiymati 20 million dollarga baholanayotgan yangi harakatlanuvchi radar qurilmalari mos ravishda 18 va 24 kilometr masofada joylashgan raketa va artilleriya snaryadlari otilishini qayd eta oladi.

Karatnitskiyning qayd etishicha, Ukraina harbiy xizmatchilari 75 foiz holatda dushman tomonining raketa va artilleriya zarbalari oqibatida halok bo‘lmoqda.

Ukrainaga yangi radarlarni yetkazib berish haqidagi farmoyish, Karatnitskiyning alohida qayd etishicha, Nyu-Yorkda AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuvdan ko‘p o‘tmay imzolangan.

AQSh Ukrainaga Q36 radarlarini yetkazib berishga rozi bo‘lgani haqida avvalroq Kiyevdagi Amerika elchisi Jeffri Payett yozgandi. Payettning so‘zlariga ko‘ra, radarlar kuz oxirigacha Ukrainaga yetib keladi.


Manba: Daryo.uz



Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.