» » “King Kong” filmi rejissori vafot etdi

“King Kong” filmi rejissori vafot etdi

Britaniyalik rejissor, 1976-yilgi “King Kong” filmi bilan tanilgan Jon Gillermin 89 yoshida Los-Anjelesda vafot etdi. Bu haqda Variety xabar bermoqda.


Gillerminning faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli filmi 1974-yili katta ekranlarga chiqqan “To‘zg‘igan do‘zax” kartinasi bo‘lib, u eng yaxshi qo‘shiq, operatorlik ishi va montaj uchun “Oskar” haykalchalarini, shuningdek, ikkita “Oltin globus”ni qo‘lga kiritgan. Filmda Pol Nyuman, Fey Danauey, Stiv Makkuin, Fred Aster, Syuzan Flenneri va Uilyam Xolden kabilar suratga tushgan.

Rejissor, shuningdek, bosh rolini Jessika Leng ijro etgan 1976-yilgi “King Kong”, “King Kong tirik”, “Nildagi o‘lim”, “Kondor”, “‘Moviy Maks’ ordeni” kabi filmlari bilan ham tanilgan. Uning kinodagi faoliyati 1949-yili boshlangan bo‘lib, 40 yildan ortiq davom etdi.


Manba: Daryo.uz


Метки: King Kong

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.