» » Rossiya harbiy aviatsiyasi Suriya hududi bo‘ylab 30 ta zarba berdi

Скачать Rossiya harbiy aviatsiyasi Suriya hududi bo‘ylab 30 ta zarba berdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Rossiya harbiy aviatsiyasi Suriya hududi bo‘ylab 30 ta zarba berdi

Rossiya harbiy samolyotlari 1-oktabr kuni Suriya hududi bo‘ylab kamida 30 ta zarba berdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: “Newstes.ru”

Livanning Al-Mayadeen telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Jisr-esh-Shugur shahri atrofi va Idlib viloyatining boshqa ba’zi qismlari bombardimon qilingan. Bundan tashqari, Xama viloyatiga ham zarbalar berilgan.

Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlovchi Al-Mayadeen telekanalining ma’lum qilishicha, mazkur hududlarda “Al-Qoida”ga aloqador “Jibhat an-Nusra” terrorchilik harakati jangarilari harakat qiladi.

O‘z navbatida, Suriya muxolifati faoliyatini yoritib boruvchi Orient News telekanali Rossiya aviatsiyasi Xama viloyatida Bashar Asad qo‘shinlariga qarshi kurashayotgan “mo‘tadil isyonchi kuchlar”ning marralariga zarba berganini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 30-sentabr kuni, mamlakat Senati chet elda Rossiya qurolli kuchlaridan foydalanishga ruxsat berganidan so‘ng, Suriyaga aviazarbalar berishni boshladi. Rossiya ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Suriya prezidenti Bashar Asad yordam so‘rab, ularga murojaat qilgan. Rossiya tomonining rasmiy nuqtai nazariga ko‘ra, Suriyadagi operatsiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad — terrorchilarga, birinchi galda, “Iroq va Shom islom davlati” terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashdan iborat.

Suriya muxolifati va bir qator G‘arb mamlakatlari vakillari Rossiya harbiy-havo kuchlari Suriyada IShID jangarilari bo‘lmagan, biroq Bashar Asadga muxolifatda bo‘lgan isyonchilar turgan hududlarga zarba berayotganini e’lon qildi. Shuningdek, mazkur aviazarbalar oqibatida Suriyaning tinch aholisi orasida qurbonlar qayd etilgani haqida ham xabarlar paydo bo‘ldi, biroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mazkur axborotni to‘liq rad etdi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.