» » “Tolibon” Qunduzni Afg‘oniston armiyasi egallagani haqidagi xabarlarni rad etdi

“Tolibon” Qunduzni Afg‘oniston armiyasi egallagani haqidagi xabarlarni rad etdi


Afg‘oniston sharqidagi Qunduz shahri radikal kayfiyatdagi “Tolibon” harakati jangarilari nazorati ostida qolmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“‘Tolibon’ bayrog‘i avvalgidek shahar uzra hilpirab turibdi”, — deyiladi harakat vakili Zabihulla Mujohid tomonidan berilgan bayonotda. “Interfaks” agentligi tomonidan keltirilgan iqtibosga ko‘ra, Qunduzdagi hayot odatiy tartibda davom etmoqda.

Avvalroq Afg‘oniston hukumati mamlakat qurolli kuchlari keng ko‘lamli operatsiya davomida “Tolibon” jangarilari tomonidan egallab olingan Qunduz shahrini ozod qilgani, shahar terrorchilardan tozalangani haqida axborot bergandi.

“Dushman katta yo‘qotishga uchradi”, — deyilgandi Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida. Qunduz viloyati gubernatori esa Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari qarshi hujumga o‘tib, shaharning asosiy qismini nazorat qilayotganini aytib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda Qunduz shahri uchun ayovsiz janglar boshlangan bo‘lib, kuzatuvchilarning fikricha, uning yakuni mamlakatda davom etayotgan fuqarolar urushining borishiga ta’sir ko‘rsatadi.

300 ming kishi istiqomat qiluvchi shahar “Tolibon” jangarilari tomonidan tashkil etilgan shiddatli hujum natijasida egallab olingani, harakatning so‘nggi 14 yildagi — Afg‘onistonga AQSh qo‘shinlari kiritilganidan beri erishgan eng yirik muvaffaqiyati bo‘ldi.


Manba: Daryo.uz



Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.