» » Xitoy ilk bor o‘z valyuta zaxiralari haqidagi Xalqaro valyuta jamg‘armasiga ma’lumot bera boshladi

Скачать Xitoy ilk bor o‘z valyuta zaxiralari haqidagi Xalqaro valyuta jamg‘armasiga ma’lumot bera boshladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Xitoy ilk bor o‘z valyuta zaxiralari haqidagi Xalqaro valyuta jamg‘armasiga ma’lumot bera boshladi

Xitoy o‘zining valyuta zaxiralari haqidagi ma’lumotlarni birinchi marta Xalqaro valyuta jamg‘armasiga taqdim etishni boshladi. Bu haqda, “Vedomosti” xabariga ko‘ra, jamg‘arma matbuot kotibi Jerri Rays ma’lum qildi.

Foto: The Washington Post

XVJga berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2015-yil ikkinchi choragi yakunlariga valyuta zaxiralari hajmi 11,5 trillion dollarni tashkil etgan — bu bir chorak avvalgi ko‘rsatkichdan 0,1 trillion dollarga ko‘p.

Bunda gap XVJga a’zo 146 mamlakatning rasmiy valyuta zaxiralari haqida axborot beruvchi COFER ma’lumotlar ombori haqida bormoqda. Tashkilotga jami 188 mamlakat a’zo bo‘lsa-da, mazkur loyihada ishtirok etish ko‘ngilli bo‘lib, loyihaga qo‘shilgan 146 mamlakatning faqat 96 tasi ma’lumotlarni muntazam taqdim etadi.

XVJ matbuot kotibi Raysning qayd etishicha, birinchi holat uchun rasmiy Pekin o‘z aktivlari haqida to‘liq bo‘lmagan ma’lumotni taqdim etdi. Biroq, jamg‘arma vakilining qayd etishicha, bu zaxiralarning umumiy manzarasini taxmin qilish uchun yetarli va Xitoy yaqin ikki-uch yil ichida to‘liq hisobot topshirishga o‘tadi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Xitoy

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.