» » Moldaviya bosh vaziri rossiyalik tinchlikparvarlarni xalqaro missiyaga almashtirishni talab qildi

Moldaviya bosh vaziri rossiyalik tinchlikparvarlarni xalqaro missiyaga almashtirishni talab qildi

Moldaviya bosh vaziri Valeriy Strelets Moldaviya rossiyalik tinchlikparvarlarni xalqaro fuqarolik missiyasiga almashtirishni talab qilayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar beradi.


“Biz yana bir bor xalqaro majburiyatlar va mamlakatimiz konstitutsiyasi asoslariga muvofiq rossiyalik harbiylar va qurol-yarog‘larni Moldova Respublikasi hududidan olib chiqib ketilishi bo‘yicha talablar yuzasidan qat’iy pozitsiyani ifoda etamiz”, — dedi Strelets.

Uning ta’kidlashicha, tinchlikparvarlik operatsiyasi o‘z vazifasini bajarib bo‘lgan va endilikda u xalqaro mandatlarga muvofiq keluvchi fuqarolik missiyasi bilan almashtirilishi lozim.


Manba: Daryo.uz


Метки: Moldaviya bosh vaziri

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.