» » Jeb Bush Trampga ulg‘ayishni maslahat berdi

Скачать Jeb Bush Trampga ulg‘ayishni maslahat berdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Jeb Bush Trampga ulg‘ayishni maslahat berdi

AQSh prezidenti lavozimiga da’vogar Jeb Bush saylovoldi tadbirida Donald Trampni tanqid qildi. Bush so‘zlariga ko‘ra, uning partiya ichidagi raqibi o‘ta xudbin bo‘lib, oxir-oqibat u uchun “ulg‘ayish vaqti kelgani”ni aytdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: AFP

“Agar men o‘zimni Trampdek tutsam, onam qulog‘imni uzib oladi”, — dedi u saylovchilar bilan uchrashuvda. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, u “sahnada faqat o‘zi haqida: men, men, men, menga, menga, menga, — deydigan yigit emas”. “Men odamlarga o‘zlari istagan hayotga ega bo‘lish uchun imkoniyat taqdim etib, kuch-quvvatga to‘laman. Bizga aynan shunday boshqaruv turi — xizmat qilishga asoslangan boshqaruv kerak”, — dedi Bush.

O‘z navbatida, o‘sha kuni saylovchilar bilan uchrashgan Tramp Bushni masxara qildi. “U shu yaqin atrofda uchrashuv o‘tkazyapti, 150 kishi bilan”, — dedi u va o‘zining tadbiriga 3564 kishi kelganini qo‘shib qo‘ydi.

 

 

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Jeb Bush Trampga

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.