» » Porsche Pol Uokerning halokati uchun mas’uliyatni zimmasiga olishdan bosh tortdi

Скачать Porsche Pol Uokerning halokati uchun mas’uliyatni zimmasiga olishdan bosh tortdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Porsche Pol Uokerning halokati uchun mas’uliyatni zimmasiga olishdan bosh tortdi

Germaniyaning Porsche kompaniyasi aktyor Pol Uoker avtohalokat natijasida vafot etgani yuzasidan mas’uliyatni zimmasiga olishdan bosh tortdi. Kompaniya Uokerning qizi Midou Reynning sud shikoyatiga javoban OAVlarga yuborgan bayonotni The Guardian nashri chop etdi.

Foto: Getty Images

“Kompaniyamiz avtomobillarida kimdir avariyaga uchraganida, biz doim achinamiz, biroq hozirgi vaziyatda fojia xavfli tarzda haydash va tezlikni oshirish tufayli sodir bo‘lgan”, — deyiladi Porsche izohida. Kompaniya vakillari politsiya va ekspertlar zarur tekshiruvlarni o‘tkazib bo‘lganini ta’kidladi.

29-sentabr kuni marhum aktyor Pol Uokerning yagona qizi Porsche avtomobil kompaniyasini sudga bergan edi. 17 yoshli Midou Reyn Porsche Carrera GT sport mashinasining kamchiliklari bo‘lmaganda, uning otasi tirik qolishi mumkin edi, deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Pol Uoker 2013-yil 30-noyabr kuni Los-Anjelesda sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida hayotdan ko‘z yumgan. Mashinani boshqargan Rojer Rodasning turmush o‘rtog‘i ham Porsche’ni sudga bergan, biroq kompaniya barcha ayblarni Rodasga ag‘dargan edi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Porsche Pol Uoker

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.