» » Armrestling bo‘yicha JChda O‘zbekistonning medallari soni 8 taga yetdi

Скачать Armrestling bo‘yicha JChda O‘zbekistonning medallari soni 8 taga yetdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Armrestling bo‘yicha JChda O‘zbekistonning medallari soni 8 taga yetdi

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida armrestling bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Dunyoning 100 ga yaqin davlatidan sportchilar ishtirok etayotgan yilning ushbu nufuzli musobaqasida Qurbon Konishev murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham munosib tarzda O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.

Foto: “Olamsport”

Jahon chempionatining ilk kuni o‘zbekistonlik armrestlingchilar 1 ta oltin, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Musobaqaning ikkinchi kuni O‘zbekiston termasi yana 4 ta medalga ega bo‘ldi.

Qiz bolalar o‘rtasidagi bahslarda Maftuna Davletova 45 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. 50 kg vazn toifasidagi Mehribon Abdurahmonova esa bronza medali bilan taqdirlandi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi 55 kg vaznda ishtirok etgan Humoyun Toshmuhammedov kumush, 50 kg vazndagi Husniddin Mehmonov esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 1-oktabrdan jahon chempionatining kattalar o‘rtasidagi bahslari boshlandi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.