Скачать музыку и клип бесплатно » Новости » O‘zbekistonda Chevrolet Labo avtomobillari avtosalonlarga yetkazib berilmoqda

O‘zbekistonda Chevrolet Labo avtomobillari avtosalonlarga yetkazib berilmoqda

Internetda GM Uzbekistan kompaniyasi 27-iyuldan seriyalab ishlab chiqarishni boshlagan Chevrolet Labo modelidagi avtomobillar transportda tashilayotgani aks etgan fotosuratlar paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.


Chevrolet Labo — yuk ko‘tarish quvvati 550 kilogrammgacha bo‘lgan kichik yuk mashinasi bo‘lib, u Damas modelining shahar va qishloq joylarda qisqa masofalarga yuk tashish uchun mo‘ljallangan bort kuzovi ochiq modifikatsiyasi hisoblanadi.

Umumiy qiymati 5,9 million dollar bo‘lgan loyiha doirasida yiliga 5 ming dona Labo avtomobillarini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Комментарии (0)