» » “Profi Education” eng mashaqqatli va sharafli kasb egalarini tabrikladi!

Скачать “Profi Education” eng mashaqqatli va sharafli kasb egalarini tabrikladi! в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

“Profi Education” eng mashaqqatli va sharafli kasb egalarini tabrikladi!

“Profi Education” abituriyentlar maktabi dunyodagi eng sharafli va o‘z o‘rnida mashaqqatli kasb egalari – o‘qituvchi va murabbiylarni chin dildan muborakbod etadi.

“Biz yurtimizda faoliyat yuritayotgan har bir o‘qituvchining xonadoniga tinchlik, xotirjamlik, baxt-soadat tilaymiz, ilohim yuzingizdan nur, labingizdan tabassum arimasin, farzandlarimizga bilim va tarbiya berishdan charchamang”, — deydi korxona rahbari!

“Profi Education” maktabi vaziyatdan foydalangan holda Sizlarni o‘z o‘qituvchi-murabbiylar jamoasi bilan tanishtirishni ep ko‘rdi, shuningdek, ularga bo‘lgan hurmati cheksiz va davomiy ekanligini izhor qilib qoladi.

Ona tili va adabiyot
Nilufar Ahmedova

Foto: “Profi Education”

Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
1993—1998 Buxoro davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.
O‘zFA tadqiqotchisi.
1998—2000 Buxoro shahridagi 35-son ixtisoslashgan maktabda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
2001—2010 BuxDU qoshidagi 1-akademik litseyda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi; “Tafakkur kaliti”, “Test sandig‘i” , “Imkoniyat” kabi uslubiy qo‘llanmalar muallifi.
2013—yildan buyon “Profi Education”da ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

Tarix
Bekzod Usmanov

Foto: “Profi Education”

Namangan viloyatida tug‘ilgan.
1999—2003 TDPU bakalavr bosqichida tahsil olgan.
2004—2006 TDPU magistratura bosqichida tahsil olgan.
2007—2010 O‘zFA aspiranti.
2008—2011 JIDU akademik litseyida tarix fani o‘qituvchisi.
2013, 2014, 2015-yillardagi tarix fani bo‘yicha o‘tkazilgan respublika olimpiadalarida shogirdlari ketma-ket birinchi o‘rinni egallagan.
2011-yildan buyon “Profi Education”da tarix fani o‘qituvchisi.

Matematika
Sherzod Dustov

Foto: “Profi Education”

Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
1993—1998 SamDU mexanika- matematika fakultetida tahsil olgan.
2004—2007 O‘zFA aspiranti.
Sherzod Dustovning shogirdlari O‘zbekiston va xalqaro olimpiadalarda nufuzli o‘rinlarni egallagan.
2004—2013 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-sonli akademik litsey matematika fani o‘qituvchisi.
2013-yildan buyon “Profi Education”da matematika fani o‘qituvchisi.

Ingliz tili
Xurshid To‘xtanazarov

Foto: “Profi Education”

Andijon viloyatida tug‘ilgan.
2001—2005 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olgan. IELTE (Xalqaro toifadagi ingliz tili o‘qituvchilari tayyorlash maxsus maktabi) bitiruvchisi.
“Xalq folklori tarjimonligi nazariyasi”, “Ingliz va o‘zbek fe’llarining tasnifi” mavzularida ilmiy tadqiqot olib borgan.
Ingliz matnlari bilan ishlashda kuchli mutaxassis.
2005-yildan buyon “Profi Education”da ingliz tili fani o‘qituvchisi.

Tarix
Shohruh Sharipov

Foto: “Profi Education”

Jizzax viloyatida tug‘ilgan.
1997—2001 O‘zMU tarix fakulteti bakalavr bosqichida tahsil olgan.
2008—2010 O‘zMU magistri.
“XX asr Sirdaryo viloyatidagi demografik jarayonlar” mavzusida tadqiqot olib borgan.
2002—2010 Guliston akademik litseyida tarix fani o‘qituvchisi.
2010-yildan buyon “Profi Education”da tarix fani o‘qituvchisi.

Ona tili va adabiyot
Gulmira Komilova

Foto: “Profi Education”

Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
2004—2009 BuxDU filologiya fakulteti bakalavr bosqichida tahsil olgan.
“Shavkat Rahmon she’riyatida metafora va ritm” mavzularida ilmiy ish olib borgan.
2009—2013 Buxoro viloyati Jondor tumani 47-maktabda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
2013-yildan buyon “Profi Education”da ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

Matematika
Zohid Tug‘yonov

Foto: “Profi Education”

Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
1999—2003 BuxDU bakalavri.
2004—2006 BuxDU magistri.
2011—2013 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida matematika va informatika sohasi bo‘yicha aspirant.
2013 O‘zbekiston Milliy universiteti katta ilmiy xodimi.
2013-yildan buyon “Profi Education”da matematika va informatika fani o‘qituvchisi.

Rus tili
Yekaterina Zelenskaya

Foto: “Profi Education”

Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.
1997—2001 Qoraqalpog‘iston davlat universiteti bakalavri.
2007—2009 Qoraqalpog‘iston davlat universiteti magistri.
2004 Nyu-York shahridagi Kolumbiya universitetida va Ogayo shtatidagi maxsus maktabda malakasini oshirgan.
2009 Qoraqalpog‘iston davlat universitetida rus tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
2014-yildan buyon “Profi Education”da rus tili va rus adabiyoti fani o‘qituvchisi.

Ingliz tili
Dildora Xatamova

Foto: “Profi Education”

Toshkent shahrida tug‘ilgan.
2002—2003 Xalqaro ingliz tili dasturi bo‘yicha Nyu-York universitetida tahsil olgan.
2003—2004 Kaliforniyaning Concord ingliz tili maktabida malaka oshirgan.
2006—2010 Toshkentdagi Xalqaro Westminster Universiteti bakalavri.
Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti, Xalqaro Turin politexnika universiteti, Xalqaro Westminster universitetlariga kirishdagi IELTS va GMAT imtihonlariga tayyorlash bo‘yicha mutaxassis.
2011-yildan buyon “Profi Education”da ingliz tili fani o‘qituvchisi.

Ona tili va adabiyot
Namoz Rasulov

Foto: “Profi Education”

Navoiy viloyatida tug‘ilgan.
2008—2012 O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti bakalavri.
2012—2014 O‘zbekiston Milliy universiteti magistri.
2011 pedagogika fanidan talabalar o‘rtasidagi olimpiadada respublika bosqichi g‘olibi.
“Mashina tarjimasida omonimiya tizimi muammolari”, “Maqol, matal va iboralar orasidagi chegara munosabati” mavzularida ilmiy tadqiqot olib borgan.
2012-yildan buyon “Profi Education”da ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

Fransuz tili
Mutabar Kuldasheva

Foto: “Profi Education”

Buxoro shahrida tug‘ilgan.
2000—2004 O‘zMU bakalavri.
2007—2009 O‘zMU magistri.
“Qo‘shma va o‘zlashtirma gaplar”, “Yordamchi fe’llarning fransuz va o‘zbek tillarida qo‘llanishi” mavzularida ilmiy tadqiqotlar olib borgan.
2009—2012 O‘zMU fransuz tili fani o‘qituvchisi.
2012 Belgiyaning Luven-la Nev Universitetida va 2013-yilda O‘zbekiston Respublilasi “Iste’dod” Prezident jamg‘armasida o‘z malakasini oshirgan.
2013-yildan buyon “Profi Education”da fransuz tili fani o‘qituvchisi.

Fizika
Suhrob Telyayev

Foto: “Profi Education”

Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
2004—2008 BuxDU fizika-matematika fakulteti bakalavri.
2008 fizika fanidan talabalar o‘rtasidagi olimpiadada respublika bosqichi g‘olibi va DAAD xalqaro stipendiyasi sohibi.
2008—2010 O‘zMU magistri.
2010—2013 O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi ion plazma va lazerli texnologiyalar instituti doktoranti.
2013—2014 Georg Avgust Universiteti, uchinchi fizika instituti doktoranti. (Gyotengen, Germaniya)
2012-yildan buyon “Profi Education”da fizika fani o‘qituvchisi.

Ingliz tili
Sardor Hakimov

Foto: “Profi Education”

Andijon viloyatida tug‘ilgan.
2000—2004 O‘zDJTU bakalavri
“Jorj Bayron ingliz romantizmining asoschisi” mavzusida tadqiqot olib borgan.
2006—2008 Andijon viloyatidagi 53-gimnaziyada ingliz tili o‘qituvchisi.
2009—2013 O‘zMU qoshidagi S.H. Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining ingliz tili fani o‘qituvchisi.
2013-yildan buyon “Profi Education”da ingliz tili fani o‘qituvchisi.

Ona tili va adabiyot
A’zam Avazov

Foto: “Profi Education”

Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
1999—2003 SamDU o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
2006—2007 Samarqand 1-son pedagogika kollejida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
2007—2009 FarPI qoshidagi Yormozor akademik litseyida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, kafedra mudiri.
2009—2013 Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi 3-son akademik litsey ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, kafedra mudiri.
2014-yildan buyon “Profi Education”da ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

Biologiya
Sardor Zubtiyev

Foto: “Profi Education”

Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
2002—2009 Toshkent tibbiyot akademiyasi bakalavri.
2009—2011 Toshkent tibbiyot akademiyasi magistri.
“Irsiy kasalliklarni aniqlashda molekulyar biologiya va genetika fanining so‘nggi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borgan.
Shuningdek, qator darslik va qo‘llanmalar muallifi.
2009-yildan buyon “Profi Education”da biologiya fani o‘qituvchisi.

Kimyo
Jo‘rabek Yo‘ldashev

Foto: “Profi Education”

Xorazm viloyatida tug‘ilgan.
1994—2003 kimyo faniga ixtisoslashgan maktab bitiruvchisi.
2006—2010 TDPU bakalavri.
2010—2012 O‘zMU magistri.
“Logon va Shorsu konlari bentonitlari fizik va kimyoviy xossalarining qiyosiy tahlili” mavzusida tadqiqot olib borgan.
Mendeleyev nomidagi olimpiada g‘olibi.
2010—2013 TDPI qoshidagi akademik litseyi kimyo fani o‘qituvchisi.
2010-yildan buyon “Profi Education”da kimyo fani o‘qituvchisi.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan. “Profi Education” NTM xizmat ko‘rsatadi

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Profi Education eng

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.