» » Dunyodagi eng ko‘p masjidlar joylashgan davlatlar e’lon qilindi

Скачать Dunyodagi eng ko‘p masjidlar joylashgan davlatlar e’lon qilindi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Dunyodagi eng ko‘p masjidlar joylashgan davlatlar e’lon qilindi

Dubay Islom iqtisodini rivojlantirish markazining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘yicha 3,6 million masjid mavjud. Bu har 500 musulmonga bitta masjid to‘g‘ri keladi, deganidir. Markaz tadqiqotlariga ko‘ra, 2019-yilga borib, jahondagi masjidlar soni 3,85 millionga yetadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Dunyodagi eng ko‘p musulmonlar (221 million) yashaydigan Indoneziyada 800 000 masjid faoliyat yuritmoqda (AFP ma’lumoti).

Bangladesh Islomiy jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda jami 250 399 ta, poytaxt Dakkada 6000 masjid mavjud.

Wikipedia ensiklopediyasiga ko‘ra, Hindistonda 300 000 dan ortiq, Pokistonda 120 000 dan ziyod masjid ro‘yxatga olingan.

Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yil so‘ngida mamlakatdagi masjidlar soni 86 101 tani tashkil etgan.

Xitoyning CPPCC News nashri ma’lumotlariga ko‘ra, XXRda jami 39 000 masjid (undan 25 000 tasi Shinjon muxtor o‘lkasida joylashgan) musulmonlar xizmatida.

Rossiya Federatsiyasi muftiylar kengashining raisi, Rossiya musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Ravil G‘aynutdinga ko‘ra, Rossiyada 7000 dan ortiq masjid mavjud (2014).

Amerika-Islom aloqalari Kengashining hisob-kitoblariga qaraganda, AQShda 2000-yilda masjidlar soni 1209 ta, 2010-yilda 1897 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2011-yili ularning soni 2106 taga yetgan.

Fransiya musulmonlari jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2015-yil boshida 2200 masjid faoliyat yuritgan. Buyuk Britaniyada 1500 masjid ro‘yxatga olingan (2011).

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga ko‘ra, hozirda respublikada 2039 ta masjid faoliyat olib bormoqda.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.