» » Rossiyada o‘rmonda kabob pishirganlik uchun soliq solinishi mumkin

Скачать Rossiyada o‘rmonda kabob pishirganlik uchun soliq solinishi mumkin в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Rossiyada o‘rmonda kabob pishirganlik uchun soliq solinishi mumkin

Rossiyaning Leningrad viloyati qonunchilik kengashi deputati Vladimir Petrov Rossiya Soliq kodeksiga yangi o‘zgartishlar kiritish loyihasini ishlab chiqdi. U o‘rmonda kabob pishirilishi oqibatida o‘t ketishi ehtimoli borligi sabab 500 rubl qiymatida pul yig‘imini joriy etishni taklif qilmoqda. Bu haqda “Izvestiya” yozgan ma’lumotga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: “drova-les.ru”

“Yevropada odamlar bizning singari o‘rmonga erkin kirib borib, u yerda istagan ishlarini qila olmaydi, taklif qilinayotgan soliq odamlarni o‘rmondan haydashga qaratilmagan. O‘rmonda bemalol sayr etish, sport bilan shug‘ullanish mumkin, gap u yerda bo‘ladigan pikniklar, axlatlar va yong‘in haqida bormoqda”, — dedi deputat.

Soliq federal o‘rmonlarda ochiq va yopiq olov manbalaridan foydalanuvchilardan olinadi. To‘lovdan Shimol, Sibir va Uzoq Sharqning tub aholisi ozod qilinadi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Rossiyada o‘rmonda

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.