» » “Oltin to‘p”ga da’vogarlar ro‘yxatiga “Real” va “Barselona”dan 7 nafardan futbolchi kiritildi

Скачать “Oltin to‘p”ga da’vogarlar ro‘yxatiga “Real” va “Barselona”dan 7 nafardan futbolchi kiritildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

“Oltin to‘p”ga da’vogarlar ro‘yxatiga “Real” va “Barselona”dan 7 nafardan futbolchi kiritildi

“Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan 59 nafar futbolchining ro‘yxati ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Uff.uz”.

Foto: “Sports.ru”

Unga ko‘ra, “Barselona”dan yetti nafar futbolchi yil mukofotini olishga da’vogarlik qilmoqda: Lionel Messi, Andres Inyesta, Ivan Rakitich, Klaudio Bravo, Xavyer Maskerano, Neymar va Luis Suares.

Shuningdek, “Real” tomonidan ham 7 nomzod ko‘rsatilgan: Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl, Karim Benzema, Serxio Ramos, Luka Modrich, Xames Rodriges va Toni Kroos.

“Oltin to‘p”ni olishga “Bavariya” va “Manchester Siti”dan besh nafardan, “Chelsi”dan to‘rt nafar, “MYu”, “PSJ” va “Yuventus”dan uch nafardan futbolchi da’vogarlik qilmoqda. FIFA ushbu ro‘yxatdan 23 nafar futbolchini tanlab oladi. Kuchli uchlik esa jurnalistlar, murabbiylar va futbolchilar tomonidan aniqlanishi lozim. Mukofot bilan taqdirlash marosimi 2016-yil, 11-yanvarda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Oltin to‘p

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.