» » AQSHDA KUYIB QOLGAN O‘T O‘CHIRUVCHIGA YANGI YUZ KO‘CHIRIB O‘TKAZISHDI

AQSHDA KUYIB QOLGAN O‘T O‘CHIRUVCHIGA YANGI YUZ KO‘CHIRIB O‘TKAZISHDI

Nyu-Yorkda yuz to‘qimalarini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi eng keng qamrovli operatsiya amalga oshirildi, deya xabar bermoqda Reuters.


Ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar otryadining a’zosi — 41 yoshli Patrik Xardison 2001-yilda sodir bo‘lgan yong‘inda jabrlangan. Unga butunlay yangi yuz — to‘liq yuz ovali, jumladan burun, lab, qovoq, quloq ko‘chirib o‘tkazildi. Donor velosipedda uchayotib halokatga uchragan 26 yoshli yigit bo‘ldi.

Operatsiya Nyu-York universiteti tibbiyot markazida avgust oyidayoq o‘tkazilgan edi, uning natijalari ommaga endi e’lon qilindi.

Yuzni ko‘chirib o‘tkazish 26 soat davom etdi, unda 150 nafar shifokor ishtirok etdi. 1 million dollarlik operatsiyani universitet o‘z hisobidan moliyalashtirdi.

 


Manba: Daryo.uz


Метки: AQSHDA

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.