» » O‘ZBEKISTON — YAMAN: O‘YINDAN OLDINGI HOLAT TAHLILI

Скачать O‘ZBEKISTON — YAMAN: O‘YINDAN OLDINGI HOLAT TAHLILI в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘ZBEKISTON — YAMAN: O‘YINDAN OLDINGI HOLAT TAHLILI

Parkent tumanidagi “Sumcha” dam olish maskanini rekonstruksiya qilishga 1 mlrd so‘m yo‘naltirildi

Bugun, 17-noyabr, Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati — 2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasida safarda Yamanga qarshi maydonga tushadi. O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati o‘yindan oldingi holatni tahlil qildi.

H guruhida o‘yindan avvalgi holat

Jahon chempionati —2018 saralashininng ikkinchi bosqichi, 8-tur o‘yinlari oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi H guruhida eng kam ochko yo‘qotgan jamoa bo‘lib turibdi. KXDR terma jamoasi esa O‘zbekistondan bir o‘yin ko‘p o‘tkazgan va to‘plagan ochkolari soni ham bittaga ko‘p — 13 ta. O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruhda ikkinchi pog‘onani band etib turibdi. Ushbu o‘yin guruhning eng ko‘p va eng kam gol urayotgan jamoalarining o‘zaro to‘qnashuvidir. To‘plar nisbatida eng yaxshi ko‘rsatkich aynan Samvel Babayan boshchiligidan jamoa tomonidan qayd etilgan. O‘tkazilgan 5 o‘yinda O‘zbekiston 15 bora raqib darvozasini aniq nishonga olgan va o‘z darvozasidan 6 bor to‘p olib chiqqan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining ushbu turdagi raqibi — Yaman esa shu vaqtga qadar 6 o‘yin o‘tkazib, faqatgina bir g‘alabaga erishgan va qolgan barcha o‘yinlarda mag‘lub bo‘lgan. Guruhda ular so‘nggi — 5-o‘rinni egallab turibdi. O‘zining yagona g‘alabasini Al-Sunayni jamoasi avvalgi turda safarda Filippinga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritdi. Ushbu uchrashuvda yamanliklari 1:0 hisobida zafar quchgan. Bu ularning ushbu saralash bosqichida kiritgan yagona goli bo‘lib turibdi. Ular o‘tkazib yuborgan gollar soni esa — 10 ta.

O‘zaro o‘yinlar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida hali biror marta Yaman terma jamoasidan mag‘lub bo‘lmagan va biror bora ham durang qayd etmagan. Jamoalar jami 3 bora to‘qnash kelgan bo‘lib, barchasida O‘zbekiston g‘alaba qozongan. O‘zaro o‘yinlarda o‘zbekistonliklar 7 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, faqatgina bir marta gol o‘tkazib yuborgan.

JCh —2018 saralash uchrashuvidan oldingi fikrlar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan: “Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasini qiyin uchrashuv kutib turibdi. Ushbu raqib Toshketdagi o‘yinda bizga juda yaxshi qarshilik qilgandi. Shuningdek, bu jamoa so‘nggi turda Filippinni safarda mag‘lub etdi. Bu o‘yinga biz jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Chunki ushbu bosqichda oson taslim etiladigan raqib yo‘q. Barcha jamoalar har bir o‘yinga jiddiy e’tibor qaratyapti. Shu qatorda biz ham. Bo‘lajak uchrashuvda ham o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilishga intilamiz va kerakli natijani qo‘lga kiritamiz, degan umiddaman. Barcha futbolchilar o‘yinga tayyor. Tarkibimiz optimal ko‘rinishda. Ertangi o‘yinda g‘alaba qozonish imkoniyatiga keladigan bo‘lsak, ustunlik biz tomonda. Biroq bu bilan Yaman terma jamoasini kamsitish niyatim yo‘q. Ularda bir nechta kuchli futbolchilar bor. Ayniqsa darvozabonni alohida ko‘rsatgan bo‘lardim. U juda ishonchli posbon va so‘zsiz o‘z jamoasining yarmidir”.

Yaman terma jamoasi bosh murabbiyi Amin al-Sunayni: “O‘yin og‘ir kechadi. O‘zbekiston so‘nggi vaqtlarda juda yaxshi natijalar qayd etib kelayotgan kuchli jamoa. Ammo, biz ham o‘z navbatida o‘yinimizni yaxshilab boryapmiz. So‘nggi turdagi Filippin ustidan qozonilgan g‘alaba ham bu gaplarning isboti. Biz mana shu ko‘tarinki holatimizdan erataga ham to‘g‘ri foydalanishga harakat qilamiz. Biroq, tushunib turibmizki, ertaga bizga qiyin bo‘ladi. Barchangiz Yamandagi vaziyatni yaxshi bilasiz. Mamlakat og‘ir kunlarni boshdan kechirayotganiga qaramay, biz imkon qadar e’tiborimizni o‘yinga qaratishga urinyapmiz. Kechroq bo‘lsa-da, ilk g‘alabaga erishdik. Oldimizda hozir O‘zbekiston hamda Bahraynga qarshi muhim o‘yinlar kutib turibdi. Nima bo‘lganda ham qolgan uchrashuvlarda ham yaxshi o‘yin namoyish qilishga va imkon qadar yaxshiroq natija qayd etishga intilamiz”.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Qatar poytaxti Doha shahridagi “Al-Arabiy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.