» » DUNYODA TERAKTLAR QURBONLARI SONI 1 YILDA 80 FOIZGA KO‘PAYDI

Скачать DUNYODA TERAKTLAR QURBONLARI SONI 1 YILDA 80 FOIZGA KO‘PAYDI в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

DUNYODA TERAKTLAR QURBONLARI SONI 1 YILDA 80 FOIZGA KO‘PAYDI

Terrorchilar xatti-harakatlari natijasida halok bo‘lgan kishilar soni o‘tgan yili 80 foizga ortib, tarixdagi eng yuqori darajaga yetdi, deya xabar bermoqda “Interfaks” Iqtisodiyot va tinchlik xalqaro instituti tadqiqotiga tayanib.

Foto: Global Look

Unga ko‘ra, 2014-yilda terrorchilar tomonidan 32 658 kishi o‘ldirilgan, 2013-yilda esa ularning soni 18 111 kishini tashkil etgan edi.

Iqtisodiyot va tinchlik instituti ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu o‘lim holatlarining yarmidan ko‘piga “Boko Haram” va IShID guruhlari sababchi bo‘lgan.

Terrorizm qurbonlarining 78 foizi Suriya, Iroq, Afg‘oniston, Nigeriya va Pokiston hissasiga to‘g‘ri kelgan. Eng og‘ir vaziyat Iroqda yuzaga kelgan: u yerda 2014-yilda ekstremistlar qo‘lidan qariyb 10 ming kishi halok bo‘lgan, bu mamlakat tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.