Скачать музыку и клип бесплатно » Новости » FRANSIYA SAMOLYOTLARI RAKKADAGI JANGARILARGA YANA 16 TA BOMBA TASHLADI

FRANSIYA SAMOLYOTLARI RAKKADAGI JANGARILARGA YANA 16 TA BOMBA TASHLADI


17-noyabrga o‘tar kechasi Fransiya harbiy-havo kuchlari Suriyada IShID guruhi tayanchi hisoblangan Rakka shahrini yana bombardimon qildi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.

Fransiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, natijada qo‘mondonlik punkti va mashg‘ulotlar lageri yo‘q qilingan. Reydda 10 ta harbiy samolyot qatnashdi. Parij vaqti bilan 1:30 da ular Rakkadagi nishonlarga 16 ta bomba tashladi.

Eslatib o‘tamiz, 16-noyabr kuni Fransiya aviatsiyasi Parijdagi ketma-ket teraktlardan so‘ng IShID nuqtalariga birinchi marta zarba bergani xabar qilingan edi.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]