» » PUTIN A321 LAYNERINI PORTLATGAN TERRORCHILARNI SAYYORANING ISTALGAN NUQTASIDA TOPISHGA VA’DA BERDI

PUTIN A321 LAYNERINI PORTLATGAN TERRORCHILARNI SAYYORANING ISTALGAN NUQTASIDA TOPISHGA VA’DA BERDI

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning A321 laynerini portlatgan terrorchilarni sayyoraning istalgan nuqtasida topib, jazolashga va’da berdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.


Putin Misrning Sinay yarimorolida qulagan Rossiya samolyoti halokati sabablarini o‘rganish yakunlari bo‘yicha yig‘ilishda chiqish qilarkan, Rossiya terrorchilarni izlash va jazolashda boshqa mamlakatlarning ko‘magiga umid qilishini aytib o‘tdi. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Tashqi ishlar vazirligi chet mamlakatlardan shunday yordam so‘rashi kerak.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, nafaqat terrorchilar, balki ularga ko‘mak berganlarning barchasi ham javobgarlikka tortiladi. “Jinoyatchilarga ko‘mak berishga harakat qilganlar oxir-oqibat javobgarlik to‘liq ularning zimmasida bo‘lishini bilishlari kerak”, — dedi Putin.

Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, “Iroq va Shom islom davlati” terrorchilik tashkilotining marralariga Rossiya tomonidan berilayotgan aviazarbalar nafaqat davom etishi, balki yanada kuchaytirilishi kerak.

  • Voqea: Misrda qulagan A321

Avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov Rossiya samolyotining halokatiga terakt sabab bo‘lganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot bo‘laklarida portlovchi qurilma izlari topilgan.


Manba: Daryo.uz


Метки: PUTIN A321

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.