» » FRANSIYA SUTKADA IKKINCHI BOR RAKKADAGI ISHID MARRALARIGA ZARBA BERDI

FRANSIYA SUTKADA IKKINCHI BOR RAKKADAGI ISHID MARRALARIGA ZARBA BERDI

Fransuz harbiy-havo kuchlari 16-noyabr, dushanba kechki payt Suriya shimolidagi IShID yetakchilari qo‘nim topgan Rakka shahriga yana zarba berdi. Bu haqda Fransiya armiyasi bosh shtabiga tayanib, AFP  ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.


“Fransiya armiyasi 24 soat mobaynida ikkinchi bor Suriya Rakkasida IShIDga qarshi aviareydni amalga oshirdi”, — deya ta’kidlanadi bosh shtab xabarida.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, jangarilarning qo‘mondonlik markazi va mashg‘ulot maydoni yo‘q qilingan.


Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.