» » TELEGRAM ASOSCHISI PARIJDAGI TERAKTLAR UCHUN JAVOBGARLIKNI ISHID VA FRANSIYA HUKUMATIGA YUKLADI

Скачать TELEGRAM ASOSCHISI PARIJDAGI TERAKTLAR UCHUN JAVOBGARLIKNI ISHID VA FRANSIYA HUKUMATIGA YUKLADI в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

TELEGRAM ASOSCHISI PARIJDAGI TERAKTLAR UCHUN JAVOBGARLIKNI ISHID VA FRANSIYA HUKUMATIGA YUKLADI

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Parijda 13-noyabr kuni yuz bergan teraktlar munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Ayni vaqtda, u Instagram’dagi o‘z sahifasida Fransiya hukumatinitanqid ostiga olib, fojia uchun hukumat “Iroq va Shom islom davlati” bilan bir xilda javobgar ekanligini ham qayd etib o‘tdi.

Foto: Facebook / Pavel Durov

Durovning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya “hukumatining beg‘amligi fojiaga sabab bo‘ldi”. “Hukumat fuqarolarga haddan tashqari katta soliqlar solgan, bu pullar esa Yaqin Sharqdagi befoyda urushga, shuningdek, Shimoliy Afrikadan kelgan muhojirlar uchun zararli ijtimoiy jannatni yaratishga sarflanmoqda”, — deb yozadi u. “VKontakte” asoschisi Parijning sotsialistlar qo‘lida qolayotganini sharmandalik deb atab, “ular bu go‘zal shaharni vayron qilayotgani”ni aytib o‘tdi.

16-noyabr kuni Rossiya Davlat dumasining Konstitutsiyaviy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Aleksandr Ageyev Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikovdan, agar IShID terrorchilari Telegram messenjeridan foydalanayotgani haqidagi axborot tasdiqlansa, Rossiyada mazkur mobil dasturdan foydalanishni cheklash imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ragandi.

Telegram asoschisi esa mazkur g‘oyaga izoh berarkan, “so‘zlarni taqiqlashga” chorlagan edi. “Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘zlar yordamida terrorchilar o‘zaro muloqot qilayotgan ekan”, — deb yozgandi Durov “VKontakte”dagi sahifasida.

Durov sentabr oyi oxirida Telegram messenjeridan terrorchilar foydalanayotganini, bundan o‘zini aybdor his qilmayotganini qayd etib o‘tgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID a’zolari muloqot vositasini har doim topa oladi va biror platforma ishonchsizdek tuyulsa, ular boshqa bir vositaga murojaat qiladi.

IShID 13-noyabr oqshomida Parijda yuz bergan terrorchilik harakatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilik hujumlari oqibatida 129 kishi halok bo‘ldi, 352 kishi tan jarohati oldi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.