» » BUXOROLIK AZIZA PRIMQULOVA MOSKVADAGI TANLOVDA “HAMDO‘STLIK GO‘ZALI” DEB TOPILDI

BUXOROLIK AZIZA PRIMQULOVA MOSKVADAGI TANLOVDA “HAMDO‘STLIK GO‘ZALI” DEB TOPILDI

Moskvada o‘tkazilgan “Rossiya go‘zali” tanlovining yakuniy qismi doirasida “Hamdo‘stlik go‘zali” xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.


MDH davlatlaridan kelgan 14 nafar qiz ishtirok etgan mazkur tanlovda o‘zbekistonlik Aziza Primqulova g‘olib chiqdi. 26 yoshli Aziza Buxoro viloyatida tug‘ilib o‘sgan.

Oxirgi bor “Hamdo‘stlik go‘zali” tanlovi Moskvada 1999-yilda o‘tkazilgan va unda 36 nafar qatnashchi ishtirok etgandi.


Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.