» » O‘ZBEKISTON MTRK ABU BOSHQARUV KENGASHI A’ZOLIGIGA QABUL QILINDI

Скачать O‘ZBEKISTON MTRK ABU BOSHQARUV KENGASHI A’ZOLIGIGA QABUL QILINDI в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘ZBEKISTON MTRK ABU BOSHQARUV KENGASHI A’ZOLIGIGA QABUL QILINDI

ABU (Osiyo-Tinch okeani mintaqasi teleradioeshittiruvchilar Uyushmasi)ning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan 52-Bosh Assambleyasida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Bu haqda MTRK matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: ABU

Bosh Assambleya doirasida anjumanlar, seminar va forumlar, shuningdek, elektron OAV dasturlari almashinuvi hamda ABU’ning turli guruhlari bilan teleradio sohasida texnika va texnologiyalar ta’minoti masalalari bo‘yicha qo‘shma majlislar o‘tkazildi. Sport guruhining uchrashuvlarida yirik sport tadbirlarini yoritishda yangicha yo‘nalishlarni joriy etish bo‘yicha fikr almashildi. Bosh Assambleyaning Dasturiy Qo‘mitasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasida televideniye va radioeshittirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Yevropa va Osiyo kompaniyalari vakillari O‘zbekistonda OAVning rivojlanishi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining zamonaviy faoliyati, uning ishlab chiqarish va texnik bazasi, yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli televideniyeni joriy etish, televizion va radioeshittirish dasturlarida sifat va mazmunni yanada boyitish chora-tadbirlari haqida yetarlicha xabardor bo‘ldi.

Bosh Assambleya doirasida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi teleradioeshittiruvchilar Uyushmasi rahbariyati bilan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi delegatsiyasi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv davomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining ABU faoliyatidagi ishtirokiga oid masalalar muhokama qilindi.

ABU’ning 52-Bosh Assambleyasida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Uyushmaning to‘la huquqli a’zosi sifatida ABU Boshqaruv Kengashi a’zoligiga qabul qilindi. ABU Boshqaruv Kengashi barcha sohalarda tashkilot faoliyatiga doir muhim qarorlar qabul qiladigan to‘la huquqli va qo‘shimcha to‘la huquqli 17 ta a’zo-tashkilotlardan iborat “Direktorlar kengashi” hisoblanadi. Ma’lumot o‘rnida shuni keltirish kerakki, ABU 1964-yil 1-iyulda tashkil etilgan bo‘lib, teleradioeshittiruvchi tashkilotlar birlashmasi hisoblanadi va hech qanday siyosiy yoki tijoriy maqsadni ko‘zlamaydi.

Ayni paytda ABU’ning umumiy a’zolari soni sifatida 75 mamlakatdan 278 ta tashkilot q

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: O‘ZBEKISTON MTRK

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.