» » DARVOZABON IGNATIY NESTEROV XONADONIDA UCH QIZDAN SO‘NG O‘G‘IL FARZAND DUNYOGA KELDI

DARVOZABON IGNATIY NESTEROV XONADONIDA UCH QIZDAN SO‘NG O‘G‘IL FARZAND DUNYOGA KELDI

Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov xonadonida 18-noyabr, chorshanba kuni o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Bu haqda “Lokomotiv” klubi matbuot xizmati xabar berdi.


“Bugun Ignatiy Nesterov xonadonida uch nafar qizdan keyin o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Tabriklaymiz! Chaqaloqni umri uzoq bo‘lsin”, — deyiladi klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

 

 

Qayd etish joiz, Ignatiy Nesterov O‘zbekiston milliy terma jamoasining Yamanga qarshi o‘yinida zaxirada qoldirilgan edi. Darvozabon milliy terma jamoa tarkibida 92 marta maydonga tushgan va mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Temur Kapadze va Server Jeparovdan so‘ng uchinchi o‘rinda turadi.


Manba: Daryo.uz



Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.