Скачать музыку и клип бесплатно » Новости » BUYUK BRITANIYALIK JUFTLIK DUNYODAGI ENG KEKSA KELIN-KUYOV DEB TAN OLINDI (FOTO)

BUYUK BRITANIYALIK JUFTLIK DUNYODAGI ENG KEKSA KELIN-KUYOV DEB TAN OLINDI (FOTO)

Buyuk britaniyalik Jorj Kirbi va Dorin Laki rasman sayyoramizdagi eng keksa oila qurganlar sifatida tan olindi. Nikoh kuni ularning umumiy yoshi 194 yil va 280 kunga teng edi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

BUYUK BRITANIYALIK JUFTLIK DUNYODAGI ENG KEKSA KELIN-KUYOV DEB TAN OLINDI (FOTO)

 

 

Er-xotin 1988-yildan beri norasmiy nikohda yashar, biroq yaqinda farzandlarining bosimi ostida nikohdan o‘tishga qaror qilgandi. Kirbi turmushga chiqish haqidagi taklifni kelinga Sevishganlar kuni bildirdi. Nikoh esa shu yil iyun oyida, kuyovning tug‘ilgan kunida o‘tkazildi.


Mazkur rekord rasman qayd etilishini britaniyaliklar besh oy mobaynida kutdi. Oldingi rekord umumiy yoshi 191 yil va 126 kun bo‘lgan juftlikka tegishli edi.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]