Nuriddin Yusupov - To'ylarda

Nuriddin Yusupov - To'ylarda
Слушать
Nuriddin Yusupov - To'ylarda
Скачать трек
На нашем портале вы найдёте все песни , много другой интересной музыки и мелодий для мобильного телефона — для вас только лучшие хиты и mp3-новинки. У нас можно скачать песню Nuriddin Yusupov - To'ylarda на телефон (Android или Iphone) в формате mp3 на высокой скорости либо прослушать онлайн в отличном качестве ( 128 kbit). Скачивайте и другие популярные треки исполнителя или рингтоны. Перед скачиванием каждую композицию можно прослушать в режиме онлайн.
Понравилась ли вам это песня? А сейчас познакомитесь с пятёркой топ хитов

Текст песни Nuriddin Yusupov - To'ylarda
Ey Xudo o'zingdan so'rayman shuni,
Do'stdan xabar keldi o'tgan qay kuni.
O'zga yurtda yurganmish, bilmapman buni
Musofirda yurganlarni o'zing asragin.

Taqdir kitobini o'zing yozibsan
Dema bandam endi aqldan ozibsan.
Ko'ngimdan o'tganin bilib turibsan
Uyin sog'inganlarni o'zing asragin.

Ularga osonmas gulxonasidan
Kimdur ayro bunda o'z oilasidan.
Yana kimdur uzoq yolg'iz onasidan
Musofirda yurganlarni o'zing asragin.

Qora ko'zlar ota deb yo'l qarab mana
Sochin tarab ayoli yo'l qarar mana.
Senga nimalarni ko'rsatay yana
Bolam deb yurganlarni o'zing asragin.

Bu teshik to'g'orani tashvishin qilib,
Bir-ikki so'm topaman deb tavakkal qilib.
Issiq-sovuq kunlarni bo'yniga ilib,
O'zga yurtda yurganlarni o'zing asragin.

Otasida ming hayol, jim yuradi-jim
Onasida orom yo'q jim turadi, jim.
Sen qilmasang tashvishin, kim qiladi kim?
Ularni farzandini o'zing asragin.

Qara bunda qiynalar qanchalar ne jon
Bazisidan ko'nglim to'q, bazisi yomon.
Ertamiz ne bo'lar, bilmasmiz gumon
Alloh ne bo'lganda ham o'zing asragin.

Balki yomonmasdur o'zga yurtlar ham
Balki yahshi insonlar bo'lgandurlar jam.
Lek hech kim jigaringdek bo'lolmaslarkan
Musofirda yurganlarni o'zing asragin.

O'zga yurtda ariqdan olma oqmasa kerak,
Sahar turib issiq nonlar yopmasa kerak.
Do'stlar bilan oshga bormasa kerak
Shuni sog'inganlarni o'zing asrasin.

Sog'inmaydi deysanmi, so'ginadida
Yarim tunda turvolib o'grinadida.
O'z yog'iga o'zi qovruladida
Ana shu insonlarni o'zing asragin.

Jigarim, opamsiz, Vatandosh akam
Allohdan o'zga yo'q, eng oliy hakam.
Duodamiz, ko'zlaringiz bo'lmasin hech nam
Aziz vatandoshlarni o'zing asragin.

Ey Xudo o'zingdan so'rayman shuni...
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]