A'zamjon Ismoilov - Yuring hajga boramiz ona

- Исполнитель: A'zamjon Ismoilov
 - Скорость потока: 320 kbps
 - Дата релиза: 03.05.2025
 - Добавил: UzMusic
 - Метки: A'zamjon Ismoilov, A'zamjon Ismoilov 2025
 
Oq yuvib oq taragan onam
Haqdan baxtim so'ragan onam 
Burchim ado qilayin men ham
Yuring hajga boramiz ona 
Yuring hajga boramiz ona
Sizni rozi qilolsam qani 
Ko'nglingizni ololsam qani 
Haq bergan zo'r ne'matim mani 
Yuring hajga boramiz ona
Asrab sizni jondan ziyoda 
Boshga qo'yib boray piyoda 
Armonim shu menu dunyoda
Yuring hajga boramiz ona
Qilolmagan meni farzlarim bisyor 
Oldingizda o'chmas qarzlarim bisyor 
Yaratgan egamdan bo'lib umidvor
Yuring endi hajga boramiz ona
Kechirguvchi takror qilsamda xato
Har qadamda bizni aylagan duo
Qo'llab tursa o'zi gar qodir Xudo
Yuring endi hajga boramiz ona
O'stirdingiz bizni alamlar yutib
Dilbandim deb doim o'zni unutib
Olib boray qadoq qo'lingiz tutib
Yuring endi hajga boramiz ona
Dilingizni har kun ezsa hamki dard
Jilmayasiz sira qilmaysiz gina 
Joningizga bo'lsin ming jonim payvand 
Yuring endi hajga boramiz ona
Asrab sizni jondan ziyoda 
Boshga qo'yib boray piyoda 
Armonim shu menu dunyoda
Yuring hajga boramiz ona
Oq yuvib oq taragan onam
Haqdan baxtim so'ragan onam 
Burchim ado qilayin men ham
Yuring hajga boramiz ona 
Yuring hajga boramiz ona
Oq yuvib oq taragan onam
Haqdan baxtim so'ragan onam 
Burchim ado qilayin men ham
Yuring hajga boramiz ona 
Yuring hajga boramiz ona
