Aziz Sharofiddinov - Bir lahza

- Исполнитель: Aziz Sharofiddinov
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 07.05.2025
- Добавил: UzMusic
- Метки: Aziz Sharofiddinov, Aziz Sharofiddinov 2025
Bir lahza avval shirin sukunat
Qulog'im yonida asta shivirlar
Sevgi izhorlar
Bir lahza avval bor edi sadoqat
Hech qanday og'riq hech qanday jarohat
Yoqimli kunlar
Sevardik o'ylardik kuylardik birga
Uchardik kulardik yig'lardik birga
Yolg'iz kezaman biz yurgan ko'chalarni
Eslab maxkam tutgan nozik qo'lchalarni
Endi bu gaplar befoyda
Sen boshqa men boshqa joyda
Yonimda emassan lek shu yerdasan
Tushimda o'ngimdasan har yerdasan
Bu mayin ovozing yangrar yuragimda
Faqat seni baxting mening tilagimda
Endi bu gaplar befoyda sen boshqa
Men boshqa joyda
Bir lahza avval qorong'u xonada
Deraza ortidan yomg'ir tomchilar
Uyqusiz tunlar
Bir lahza avval cheksiz orzular
Faqat tushlarimga kirib og'ritar
O'sha tuyg'ular
Sevmasdim bugun og'rishim bilganimda
Bormasdim yoninga yolg'iz qolganimda
Hamon kezaman biz yurgan ko'chalarni
Eslab maxkam tutgan nozik qo'lchalarni
Endi bu gaplar befoyda
Sen boshqa men boshqa joyda
Yonimda emassan lek shu yerdasan
Tushimda o'ngimdasan har yerdasan
Bu mayin ovozing yangrar yuragimda
Faqat seni baxting meni tilagimda
Endi bu gaplar befoyda
Sen boshqa men boshqa joyda
Bir lahza oldin bor edi sadoqat..