Muhiddin - Erkatoy

- Исполнитель: Muhiddin
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 09.09.2025
- Добавил: UzMusic
- Метки: Muhiddin, Muhiddin 2025
Муҳиддин - Эркатой
Ko'zing ochib ko'rganlaring baxt bo'lsin
Umring go'zal amallaring taxt bo'lsin
Orzu edi isming Muhammad bo'lsin
Xush kelding dunyoga xush kelding bolam
Gul chaqnasin erkatoyim nigohlaringdan
Mushkambar anqib tursin dudog'laringdan
Aylanay o'zim ko'zi qarolaringdan
Xush kelding dunyoga xush kelding bolam
Rang qo'shildi sochlarimni oqlariga
Bahor keldi umrimni qish bog'lariga
Javob berdi Alloh otang ohlariga
Xush kelding dunyoga xush kelding bolam
Qo'lchalaring buncha jajji erkatoyim
Yuzlaring ham oftob kabi nurga boyim
Jannatlarda toj kiydirgin erkatoyim
Xush kelding dunyoga xush kelding bolam
Ko'zing ochib ko'rganlaring baxt bo'lsin
Umring go'zal amallaring taxt bo'lsin
Orzu edi isming Muhammad bo'lsin
Xush kelding dunyoga xush kelding bolam
Gul chaqnasin erkatoyim nigohlaringdan
Mushkambar anqib tursin dudog'laringdan
Aylanay o'zim ko'zi qarolaringdan
Xush kelding dunyoga xush kelding bolam