Islom Mirzo - Odam bo'lib qolganla

- Исполнитель: Islom Mirzo
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 17.12.2025
- Добавил: UzMusic
- Метки: Islom Mirzo, Islom Mirzo 2025
Qo'yib bersang bir birin urib
Pul ustida o'lib qolganlar
Kecha meni soyamda yurib
Ex bugun odam bo'lib qolganlar
Meni oshno jigar dedingiz
Non tuzimni yotib yedingiz
Itimdan ham battar edingiz
Ex bugun odam bo'lib qolganlar
Yarashmaydi hatto yurgani
Gerdaygancha sherdek turgani
Ko'rmaganning qursin ko'rgani
Ex bugun odam bo'lib qolganlar
Tog'ni talqon etar o'zicha
Qo'li ko'kga yetar o'zicha
Bugun kotta ketar o'zicha
Ex bugun odam bo'lib qolganlar
Salom bersak qaramaydiya
Alikga ham yaramaydiya
Bizni odam sanamaydigan
Ex bugun odam bo'lib qolganlar
Yuz burmang hech iymoningizdan
Oqibatu vijdoningizdan
Pastroq tushing osmoningizdan
Ex bugun odam bo'lib qolganlar
Hammamizdan qolar bu dunyo
Qo'lingizdan tutmasin ro'yo
Kechangizni unutmang aslo
Ex bugun odam bo'lib qolganlar
