Surayyo Qosimova - Ketishdi

- Исполнитель: Surayyo Qosimova
- Скорость потока: 320 kbps
- Дата релиза: 16.11.2025
- Добавил: UzMusic
- Метки: Surayyo Qosimova, Surayyo Qosimova 2025
Сурайё Косимова - Кетишди
Sizsiz yashay olmayman
Deganlar ham ketishdi
Maqtab - maqtab oshimni
Yeganlar ham ketishdi
Mol ustida pichog'im
Yonib tursa o'chog'im
To'ldirishib quchog'im
Kelganlar ham ketishdi
Osmon etib qadrimni
Ado qilib shartimni
Ko'ngildagi dardimni
Bilganlar ham ketishdi
Omad ketsa bir nafas
Yo'limda qancha qafas
Bir zamon menga havas
Qilganlar ham ketishdi
Yo'llarimni kutib zor
So'zlarimga intizor
Qachonlardir menga yor
Bo'lganlar ham ketishdi
Bir zamonlar menga yor
Bo'lganlar ham ketishdi
Bo'lishib men tomonlar
Qancha yaxshi - yomonlar
Egnimda zo'r choponlar
Ilgamlar ham ketishdi
Egnimda zo'r choponlar
Ilgamlar ham ketishdi
Kimning ko'ngli lolayu o't
Kimlarniki tikanday
Bu dunyoda hammasi
Kelib - ketar ekanda
Sizsiz yashay olmayman
Deganlar ham ketishdi
Maqtab - maqtab oshimni
Yeganlar ham ketishdi
