O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov muxlislarini “aldadi”
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Ardog‘imdasiz” nomli konsert dasturi reklama va e’lonlarida katta qilib yozilgan “fonogramma orqali ijro etiladi”, degan yozuv ko‘pchilikning g‘ashiga tekkan edi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.
Ko‘pchilikda “Nega, axir Ozodbek jonli ijro qila oladi-ku?! Hech bo‘lmasa, u jonli aytsin”, degan e’tirozlar paydo bo‘lgan edi. Bunday gaplarga konsertning birinchi kunidayoq chek qo‘yildi. Chunki shu kundan boshlab 24-aprelga qadar davom etadigan konsert dasturi 100 foiz jonli ijroda bo‘lishi aytildi.
Shu tariqa, Ozodbek Nazarbekov ikkinchi bor fonogrammadan butunlay voz kechib, muxlislarini “aldadi”.
Manba : Daryo.uz
Читать также
Комментарии (0)