Lola Samarqanddagi muxlislarini xushnud etdi (foto)
Xonanda Lola 4-sentabr kuni bir nechta hamkasblari bilan birga Samarqandga yo‘l oldi, deya xabar bermoqda “Popcorn.uz”.
Xonanda shu kuni tug‘ilgan kuni bo‘lishiga qaramay, xalq xizmatiga oshiqdi. Samarqandda mustaqillikning 24 yilligi munosabati bilan “Nima qildik Vatan uchun?” shiori ostida bo‘lib o‘tgan festivalda bir qator hamkasblari bilan birga ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyat hokimligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbir doirasida tuman va shaharlardagi istirohat bog‘lari, mahallalarda iste’dodli va xushovoz xonandalar ishtirokida konsert dasturlari namoyish etildi.
Tumanlarda o‘tkazilgan tadbirdan so‘ng, Samarqand shahrida ham galakonsert bo‘lib o‘tdi. Unda latofatli Lola faxriy yorliq bilan taqdirlandi.