Скачать музыку и клип бесплатно » Новости » Telegram’da xonanda Rayhon nomidan soxta bot ochilgani xabar qilindi

Telegram’da xonanda Rayhon nomidan soxta bot ochilgani xabar qilindi

Internet olami bo‘ylab tarqalgan “qaroqchilar” mashhur ijodkorlarning ijtimoiy tarmoqlardagi profillariga hujum qilib, ularni o‘zlashtirib olar edi, endi esa buni yangicha usulini ham topishibdi. Hozirda ular san’atkorlarning nomi bilan o‘zlarini reklama qilmoqda, deb xabar beradi “Shok.uz”.


“Bunga aniq misol qilib, Telegram’dagi botlardan birini ayta olamiz. Bu bot xonanda Rayhon G‘aniyevaning nomi bilan yuritiladi, lekin uning xonandaga hech qanday aloqasi yo‘q. Nomi Rayhon G‘aniyeva xolos, aslida esa ular xonandaga tegishli bo‘lmagan, mutlaqo boshqa narsalar haqida yangiliklar e’lon qiladi. Bu albatta ‘qaroqchilar’ning ishi. Rayhonning mashhurligidan foydalanib, ko‘proq foydalanuvchilarni jalb qilmoqchi”, — deb yozadi shou-biznes yangiliklarini yoritib boruvchi sayt.

“Shok.uz” Rayhon G‘aniyeva rasmiy saytining Telegram’da o‘z avtoboti borligini eslatib o‘tdi.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]