Скачать музыку и клип бесплатно » Новости » Xonanda Lola va Tamila litsenziyasiz qoldirilganliklari bilan bog‘liq onlayn-muhokamaga qo‘shildi

Xonanda Lola va Tamila litsenziyasiz qoldirilganliklari bilan bog‘liq onlayn-muhokamaga qo‘shildi

Xonanda Lola va Tamila litsenziyasiz qoldirilganliklari bilan bog‘liq onlayn-muhokamaga qo‘shildi

 

 

Xonanda Lola va Tamila Facebook’dagi “Jamoatchilik nazorati” guruhidagi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi milliy qadriyatlarga amal qilmagan xonandalarning litsenziyasini qaytarmasligi haqidagi xabar muhokamasiga qo‘shildi. Bu haqda “UZ24” xabar bermoqda.

Muhokamada Tamila uning “Zolim” qo‘shig‘iga ishlangan klip tufayli litsenziyasi olib qo‘yilganigidan shikoyat qilgan. Lola esa uni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirib, muxlislarining daldasidan yanada ilhomlanishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi 2015-yilning iyul oyi boshida Tamilaning, oy o‘rtasida esa Lolaning litsenziyasini bekor qilgan edi.

Birlashma vakili Odiljon Abduqahhorovning so‘zlariga ko‘ra, litsenziyalarning bekor qilinishiga Lolaning “milliy mentalitetimizga haddan tashqari to‘g‘ri kelmaydigan kiyimlarni kiyib, bu holatni ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarga targ‘ib qilayotgani” va Tamilaning “bemaza kliplari” sabab bo‘lgan.

 



Manba: daryo.uz

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]