Anjelina Joli va Bred Pitt birga o‘ynagan yangi film lavhalari YouTube’da paydo bo‘ldi
Anjelina Joli va Bred Pitt bosh rollarni ijro etgan “Lojuvard qirg‘oq” (By the Sea) filmining ilk videolavhalari YouTube’da paydo bo‘ldi. Filmda Joli rejissyor, ssenariy muallifi va prodyuser sifatida ham ishtirok etgan. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Filmda o‘tgan asrning 70-yillarida Fransiya bo‘ylab sayohat qilayotgan sobiq raqqosa va yozuvchi haqida hikoya qilinadi. Juftlik o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi va ular bir-biridan uzoqlasha boshlaydi. Biroq shaharlardan birida yangi turmush qurgan kelin-kuyov bilan tanishuv munosabatlariga boshqacha nigoh bilan qarashga majbur etadi.
Eslatib o‘tamiz, Bred va Anjelina 2004-yilda suratga olingan “Janob va xonim Smit” filmidan beri ekranlarda birga ko‘rinmagan edi. Yangi film taqdimoti 13-noyabrga mo‘ljallangan.
Manba: Daryo.uz