Скачать музыку и клип бесплатно » Новости » Javohir Zokirov “Bolalar” guruhini tuzganini tasdiqladi

Javohir Zokirov “Bolalar” guruhini tuzganini tasdiqladi

Taniqli kinoaktyor Javohir Zokirov “Avlod” nomli guruh a’zolari uni o‘zlariga qo‘shmagani uchun alam ustida “Bolalar” guruhini tuzganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “1news.uz”. Uning aytishicha, “Bolalar” guruhini u tashkil qilgan.

Javohir Zokirov “Bolalar” guruhini tuzganini tasdiqladi

 

“90-yillarda ‘Avlod’ degan guruh bo‘lardi. Bu guruhda Nargiz Zokirova, Bakir Zokirov, Bahodir Zokirovlar qo‘shiq aytardi. Ularning yoniga borib meni ham shu guruhga olinglar, desam ‘Sen bezorisan, sen undan ko‘ra gitara chalishni o‘rgan’ deyishgandi. Men chalishni xohlamayman, men qo‘shiq aytishni istayman, deganimda ‘Yo‘q, sen qo‘shiq aytmaysan’, degandilar. O‘shanda Nargiz Zokirovaning eri Ruslan Sharipov menga yordam qo‘lini cho‘zgan edi.

O‘zimning tug‘ishgan amakim emas, menga aytarli qarindosh ham bo‘lmagan odam yordam bergandi. O‘sha vaqtda Bahodir degan do‘stim bo‘lardi. Unga ‘Kel, bir guruh tuzamiz’ deganimda, Tohirni guruhga olish taklifini bildirgan edi. ‘Qo‘y o‘sha Tohir-pohiringni, ikkalamiz ham yaxshi eplaymiz’ deganman. Keyinchalik Tohirni ham guruhga jalb qildik. Shu bilan ‘Bolalar’ guruhi tashkil topdi. Birinchi albomimizda men to‘rtta, Bahodir bitta va Tohir Sodiqov to‘rtta qo‘shiq aytgan edi”, — deydi Zokirov “Darakchi” nashriga bergan intervyusida .

 



Manba: daryo.uz

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]