Yangi “Fantastik to‘rtlik” filmi jahon kinoprokatida omadsiz debyut qildi
“Fatastik to‘rtlik” (Fantastic Four, 2015) filmining jahon kinoprokatidagi dastlabki namoyishi 43 mamlakatda 34,1 million dollarni tashkil qildi, deb xabar bermoqda “TASS”. Qayd etilishicha, bu film birinchi dam olish kunida ishlab topgan eng past ko‘rsatkichlardan biridir.
Josh Trank rejissorligidagi filmni suratga olish uchun 120 million dollar, reklama uchun yana millionlab mablag‘ sarflangan. Hozirda kino o‘zini o‘zi qoplay olishiga shubha bilan qaralmoqda.
Filmni suratga olgan 20th Century Fox studiyasi trilogiya yaratishni rejalashtirayotgan edi. Ekspertlar butun loyihani to‘liq qayta shakllantirish ehtimoli mavjudligi tufayli bo‘lajak ikki film muzlatib qo‘yilishini taxmin qilmoqda.
Manba: daryo.uz
Читать также
Комментарии (0)