Bill Myurrey “Arvoh ovchilari” filmida suratga tushishga rozi bo‘ldi
Aktyor Bill Myurrey “Arvoh ovchilari” filmining uchinchi qismini suratga olishda qatnashishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.
Filmda yana bir sobiq arvoh ovchisi paydo bo‘ladi. Avvalroq Myurrey “Arvoh ovchilari” filmining davomida suratga tushishdan bir necha marta bosh tortgan edi.
Myurrey 1984-yilda “arvoh ovchilari” jamoasi vakillaridan biri Piter Venkman rolini ijro etgan edi. Ushbu rol uning ijrosidagi eng mashhur rollardan biriga aylandi. 1989-yilda filmning davomi chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, ekranlarga 2016-yil 22-iyunda chiqishi rejalashtirilgan filmning yangi qismida arvoh ovchilari rolini ilk bor ayollar ijro etadi.
Manba: daryo.uz
Читать также
Комментарии (0)