Navro‘z Sobirov: Odamlar aybim yo‘qligini aytyapti
8-avgustda Urganchdagi “Yoshlar ko‘li” madaniyat va istirohat bog‘ida sodir bo‘lgan fojea haqida o‘sha kuni konsert bergan xonanda Navro‘z Sobirov fikr bildirdi, deb xabar bermoqda “Shov-shuv.uz”.
— Siz ushbu konsert falokatida o‘zingizni qanchalar aybdor his etyapsiz?
— Odamlar senda ayb yo‘q deyapti.
— Bu qadar ko‘p tomoshabin jamlangan ekan, demak siz Urganchda juda mashhursiz. Nechta qo‘shig‘ingiz bor?
— 300 taga yaqin.
— Konsertga chiptalar sotilgandimi?
— Tekin konsert edi. Menga hokimiyat konserti deyishgan. Apil-tapil kiyinib, 8-avgust kuni “Yoshlar ko‘li”ga borib kuyladim. Boshqa hech narsadan xabarim yo‘q.
— Bir necha yurtdoshlaringiz halok bo‘lganidan-chi? Xabaringiz bormi, bunday noxush ma’lumotdan?
— Ha, shunday deyishdi. Men faqat kuyladim.
Manba: daryo.uz