Скачать музыку и клип бесплатно » Новости » “Forsaj” yaratuvchilarida filmlar uchun nom tugagan ko‘rinadi

“Forsaj” yaratuvchilarida filmlar uchun nom tugagan ko‘rinadi

Aktyor va “Forsaj” turkumidagi filmlar prodyuseri Vin Dizel navbatdagi, sakkizinchi qismning nomini e’lon qildi: Fast 8. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

“Forsaj” yaratuvchilarida filmlar uchun nom tugagan ko‘rinadi

 

Undan oldingi qism Furious 7 deya nomlangandi. Bungacha esa Fast & Furious 6, Fast Five, Fast & Furious, The Fast and the Furious: Tokyo Drift, 2 Fast 2 Furious deb nomlangan filmlarning dastlabkisi The Fast and the Furious nomi ostida ekranlarga chiqqan. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bu turkumdagi filmlar oddiygina “Forsaj” deb yuritilgan va tegishli raqamga ega bo‘lgan.

“Forsaj”ning birinchi qismi 2001-yilda ekran yuzini ko‘rgan. Shundan beri ushbu turkumdagi filmlar jahon kinoijarasida 3,9 milliard dollar ishlab topdi. Eng ko‘p foydani yettinchi qism keltirdi: jami 1,5 miliard dollar to‘plab, bu ko‘rsatkich bo‘yicha kino tarixidagi beshinchi filmga aylandi.

 



Manba: daryo.uz

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]