Tailanddagi terrorchilik harakati oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi
Tailand poytaxti Bangkok markazida sodir etilgan terrorchilik harakati natijasida 27 kishi halok bo‘ldi, ulardan sakkiz nafari chet el fuqarosi bo‘lgan. Bu haqda “News.liga.net” xabar beradi.
Bangkok politsiyasining ma’lum qilishicha, 80 kishi yaralangan. Shuningdek, yana bitta portlash qurilmasining topilganligi haqida xabar qilindi. Hozirda uni sapyorlar zararlantirmoqda.
Bangkok shahridagi kuchli portlash 17-avgust, dushanba kuni Ratchaprasong chorrahasida yuz berdi. Portlash uchun javobgarlikni hech bir ekstremistik guruh zimmasiga olmadi.
Manba: daryo.uz
Читать также
Комментарии (0)