Morgan Frimanning nabirasi eksorsizm marosimida o‘ldirildi
Gollivud aktyori Morgan Frimenning nabirasidan iblisni haydab chiqarishga uringan erkak uni o‘ldirdi, deb xabar beradi The New York Daily News.
Voqea guvohi bo‘lgan 65 yoshli Jorj Xadakoning so‘zlariga qaraganda, erkak 33 yoshli Idena Xaynsga “Yo‘qol, iblis, men seni haydab chiqaraman”, degan so‘zlar bilan tashlangan. Shundan so‘ng u Idenaga pichoq bilan bir necha marta zarba bergan. “Ayolning chinqirgan ovozini eshitib, 911 xizmatiga qo‘ng‘iroq qildim”, — deydi Xadako.
Hodisa 16-avgust, yakshanba kuni 15:00 atrofida Nyu-Yorkda yuz berdi. Ayol Garlem shifoxonalaridan biriga yetkazildi. Biroq ayol u yerda halok bo‘ldi. Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari 30 yoshli erkakni qo‘lga oldi. U sud-psixiatriya ekspertizasini o‘tkazish uchun tibbiy markazga yuborildi.
Manba: daryo.uz